» » Navro‘z: Do‘stlik va hamjihatlikning timsoli.
Murojaat yo`llash
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan qo‘shni davlatga borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berildi. Qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik rishtalari hamda hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.
Xatlon viloyati raisi Gulmahmadzoda Davlatsho Qurbonalining taklifiga ko‘ra viloyat delegatsiyasi bilan Xatlon viloyatining Boxtar shahriga tashrif buyurdik. Ko‘hna va navqiron ayyom – Navro‘z bayramiga Xatlonlik qo‘shnilarimiz o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan peshvoz chiqdilar. Xatlon viloyati faollari delegatsiyamizni samimiy va do‘stona kutib olishdi.
Delegatsiya tarkibida tashrif buyurgan san’atkorlarimizning bayram tantanalaridagi chiqishlari bayram ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi hamda 26 yil davomida ilk bor bunday bayram tantanalari tashkil etilganligini hamda bunda O‘zbekistonlik san’atkorlarning alohida o‘rni borligini ta’kidlashdi.
Yuqori darajada tashkil etilgan marosim uchun Xatlon viloyati, Shahrituz tumani raislari va viloyat faollariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.


















Maqola muallifi:
010719977
+8
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK