» » “Surxon” PFK futbolchilari tanishtirildi
Murojaat yo`llash
Bugun “Surxon” professional futbol klubi tomonidan taqdimot marosimi o‘tkazildi. 
Marosimda ommaviy axborot vositalari, muxlislar va sportchilar ishtirok etishdi. Mutasaddilar tomonidan futbol klubining 2017 yildagi mamlakatimiz Professional futbol ligasidagi faoliyati yakunlari hamda 2018 yilgi rejalari haqida ma’lumot berildi.
Taqdimot marosimida murabbiylar shtabi va futbolchilar ommaviy axborot vositalari xodimlariga “Surxon” vakillari sifatida rasman tanishtirildi. Futbolchilarga “Surxon” liboslari tantanali ravishda topshirildi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga futbol klubi mutasaddilari, murabbiylar, klub homiylari va o‘yinchilar tomonidan atroflicha javob berildi. “Surxon” futbolchilari yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishlarini ma’lum qilishdi. Shundan so‘ng, muxlislar jamoaning navbatdagi mashg‘ulotini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.














Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK