» » Termiz tumanida yana bitta zamonaviy korxona barpo etildi
Murojaat yo`llash
 Termiz tumanida Navoiy kon metallurgiya kombinati "Do‘stlik" agrofirmasiga qarashli "Termiz" parrandachilik fermasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori, O‘zbekiston Qaxramoni Q.Sanaqulov ishtirok etdi. Ushbu ferma yiliga 60 mingdan ortiq parranda yetishtirish quvvatiga ega bo‘lib, 66 nafar fuqarolarimiz doimiy ish bilan ta’minlandi. Ochilish marosimida tuman faollari, nuroniylar va yosh yigit-qizlar ishtirok etishdi. Shundan so‘ng Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov va Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori, O‘zbekiston Qaxramoni Q.Sanaqulov "Surxon qog‘ozni qayta ishlash" MChJ faoliyati bilan tanishishdi va "Termiz" parrandachilik fermasi uchun qog‘oz fleyka karobkalar yetkazib berish yuzasidan kelishib olindi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.





Maqola muallifi:
010719977
+9
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK